Konsultativ qo'mita haqida
Toshkentda joylashgan Markaziy Osiyo va Turkiy davlatlar o‘rtasidagi Ekologik Kun tartibi bo‘yicha Maslahat komiteti ushbu davlatlarning yoshlar tashkilotlari o‘rtasida ekologiya sohasida hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tashkil etildi. Komitetning asosiy maqsadi samarali mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish, yoshlarning ekologik kun tartibidagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlash hamda axborot almashish va birgalikda loyihalar tashkil etish uchun shart-sharoitlar yaratishdir.
mountain
Markaziy Osiyo, Ozarbayjon, Turkiya va Vengriya yoshlarining iqlim o‘zgarishi bo‘yicha bayonoti
Biz, Markaziy Osiyo, Ozarbayjon, Turkiya va Vengriya yoshlari, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda yoshlarning ishtiroki zarurligini ta’kidlaymiz. Bizning fikrimizcha, transchegaraviy yechimlarni ilgari surish va yoshlarning mintaqaviy hamkorligi mintaqamizda iqlim o‘zgarishiga qarshi yanada samarali chora-tadbirlar ko‘rilishiga olib keladi. Biz barcha darajalarda - milliy, mintaqaviy va global miqyosdagi iqlim jarayonlarida yoshlarning ishtiroki muhimligini alohida qayd etamiz. Samarali mintaqaviy hamkorlik uchun platformalar taqdim etilishini va mintaqada yoshlar tashabbuslarini amalga oshirish uchun mablag‘ ajratilishini qat’iy so‘raymiz.
Bolalarning sog‘lom atrof-muhitga bo‘lgan ajralmas huquqini ro‘yobga chiqarish borasida
● Bolalarni, ayniqsa qishloq joylarda va marginallashgan hamjamiyatlarda yashovchi bolalar iqlim o‘zgarishi va atrof-muhit ifloslanishi oqibatlariga nisbatan alohida zaif ekanligini tan olish, ularning salomatligi va farovonligiga ustuvor ahamiyat berish hamda iqlim o‘zgarishi bo‘yicha qarorlar qabul qilish jarayonida ularning huquqlarini inobatga olish.
● Oziq-ovqat, sanitariya, sog‘liqni saqlash, toza suv va havo bilan ta’minlash orqali hamjamiyatlarimiz barqarorligini oshiradigan, ayniqsa zaif hududlarda bolalarga yo‘naltirilgan moslashuv strategiyalariga sarmoya kiritish.
● Iqlim va ekologik hujjatlar hamda siyosatlarning bolalarbop talqinlarini kiritish orqali bolalarning o‘z huquqlari va imkoniyatlari haqida xabardorligini oshirish.
● Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish va energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini o‘z ichiga olgan yaxlit strategiyani amalga oshirish orqali uy xo‘jaliklarida elektr ta’minoti, isitish va ovqat tayyorlashga e’tibor qaratgan holda ekologik toza energiya manbalariga o‘tishga ko‘maklashish.
● Ekologiya, iqlim o‘zgarishiga moslashish va uning oqibatlarini yumshatish (ofatlar xavfini kamaytirish) sohalarida bolalar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha mintaqaviy sherikliklarni yo‘lga qo‘yish.
Iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq jarayonlarda bolalar va yoshlarning muhim ishtirokini kengaytirish bo‘yicha
● Milliy yoshlar parlamentlari hamda hukumat organlari, xalqaro tashkilotlar va fuqarolik jamiyati tashkilotlari huzurida yoshlar maslahat guruhlarini tashkil etish orqali yoshlarni qaror qabul qilish jarayoniga jalb etish. Bu tuzilmalar inklyuziv xilma-xillik va kamsitmaslik tamoyillari asosida faoliyat yuritishi lozim.
● Moliyalashtirishni jalb qilish, mavjud manbalarni boshqarish va yoshlarning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha mintaqaviy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash uchun "Markaziy Osiyo + Ozarbayjon, Vengriya va Turkiya uchun Yoshlar iqlim fondini"ni tashkil etish.
● Mintaqada qo‘shma tashabbuslar, hamkorlik va transchegaraviy yechimlarni rivojlantirish maqsadida Markaziy Osiyo + Ozarbayjon, Vengriya va Turkiya Yoshlar iqlim tarmog‘ini yaratish.
● Iqlim bo‘yicha global qaror qabul qilish platformalarida ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish orqali Markaziy Osiyo, Ozarbayjon, Vengriya va Turkiya yoshlarining xalqaro miqyosda vakilligini ta’minlash.
Uzluksiz "yashil" ta’lim va ekologik madaniyatni shakllantirish orqali bolalar va yoshlar salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha
● Bolalarni o‘z huquqlarini anglashga o‘rgatish va ekologik muammolar haqida xabardorligini oshirish maqsadida milliy ommaviy axborot vositalari orqali kichik yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan maxsus ta’lim va ko‘ngilochar kontent (televideniye dasturlari, hujjatli filmlar, multfilmlar, qo‘shiqlar, kitoblar, o‘yinlar va boshqalar) yaratish.
● Ta’lim sohasidagi milliy siyosatga muvofiq maktab dasturiga iqlim ta’limini kiritish yoki iqlim o‘zgarishiga bag‘ishlangan yangi fanni qo‘shish orqali yoshlar o‘rtasida iqlim ta’limini rivojlantirishga ko‘maklashish.
● Sinfdan tashqari ishlarga iqlim muammolarini ko‘rib chiqishni kiritish va tegishli tadbirlarni tashkil etish (masalan, munozaralar, BMT IO‘HD Tomonlar konferensiyasini modellashtirish, badiiy tanlovlar, iqlim o‘zgarishi ta’sir ko‘rsatgan hududlarga ekskursiyalar, yoshlar ekologik klublari, olimpiadalar, atrof-muhit muammolarini hal qilish bo‘yicha volontyorlar faoliyati).
● Maktab ma’muriyati tomonidan seminarlar yoki ota-onalar yig‘ilishlarini o‘tkazish orqali ota-onalarning ekologik va iqlim faolligining xavfsizligi va ahamiyati haqida xabardorligini oshirish, shuningdek, yoshlarning iqlim targ‘iboti bo‘yicha ota-onalardagi noto‘g‘ri tasavvurlarni bartaraf etish.
Maktabgacha va maktab ta’limi darajasidagi ta’lim siyosatining Barqaror rivojlanish maqsadlariga muvofiqligini ta’minlash bo‘yicha
● Maktabgacha va maktab ta’limi uchun BRMga mos, aniq, qiziqarli, bolalarning ishtirokiga asoslangan va ularning yoshiga mos keladigan o‘quv dasturini ishlab chiqish.
● Mahalliy madaniy, iqtisodiy va diniy an’analarni hisobga olgan holda kontekstli ta’limni ta’minlash hamda bolalarning ekotizimdagi o‘z rolini tushunishlarini kafolatlash.
● Iqlimga moslashish va tabiiy resurslarni boshqarish bo‘yicha eng yaxshi mahalliy yechimlardan foydalangan holda bolalar va yoshlarga "yashil" ko‘nikmalarni o‘rgatish orqali yuqori darajadagi ta’limni singdirish va ularning bilimlarini amaliyotga tatbiq etishlarini ta’minlash.
● Iqtidorli talabalarni mahalliy hokimiyat organlariga yanada ko‘proq jalb qilish va rag‘batlantirish.
● Bo‘lajak pedagoglar va o‘qituvchilarni tayyorlashda iqlim o‘zgarishi, BRM bo‘yicha ta’lim, shuningdek, tarmoqlararo yondashuvni joriy etish.
● BRM mavzusini sertifikat olish imkoniyati bo‘lgan muntazam o‘quv kurslari materiallariga kiritish orqali o‘qituvchilarning salohiyatini qulay formatda oshirish.
● Iqlim va BRM uchun kurashuvchi faollarni jalb qilgan holda o‘zaro ta’lim olish imkoniyatlarini yaratish.
● BRMga erishishga qaratilgan tashabbuslarni, ayniqsa zaif va marginallashgan guruhlarga mansub bolalar va yoshlar manfaatlarini hisobga olgan holda moliyalashtirish.
Nazokat Kalnazarova
Nazokat Kalnazarova
Student at State School № 1 in Nukus
Laziza Abdullayeva
Laziza Abdullayeva
Research Assistant (E&S and Energy Efficiency) at WIUT
Khilolakhon Kayumova
Khilolakhon Kayumova
Interpreter at National TV and Radio Station
Beksultan Bazarbaev
Beksultan Bazarbaev
Student at Presidential School in Nukus
Salokhiddin Abdufattokhov
Salokhiddin Abdufattokhov
Student of Presidential school in Tashkent
Shodiyakhon Gulomova
Shodiyakhon Gulomova
Student at Presidential school in Navoi
Saparguly Mahtumov
Saparguly Mahtumov
United Nations Young SDG Ambassador for Goal #17, Student at Taylor's College
Madina Abdikarimova
Madina Abdikarimova
Student at Nazarbayev Intellectual School of Karaganda
Komronbek Avezov
Komronbek Avezov
Regional Coordinator at the Youth for Water and Climate (Y4WC) Network under the Government of the Republic of Tajikistan
Kadir Gürbüz
Kadir Gürbüz
Youth Climate Envoys of Turkiye, Climate Envoy of Baskent University
Saida Mammadova
Saida Mammadova
Youth Climate Envoy of Azerbaijan
Oksana Omorkulova
Oksana Omorkulova
Project manager of Enactus BSU, Student of Bishkek State University named after K. Karasaev
Hujjatni ko‘rish Taqdimot
Strategiya
2024-2030 yillarda barqaror rivojlanish madaniyatini ilgari surish hamda bolalar va yoshlarni iqlim kun tartibiga jalb qilish xalqaro strategiyasi
2024-yilda Markaziy Osiyo, Ozarbayjon, Turkiya va Vengriyadagi yoshlar ekologik ta'lim, yashil ko'nikmalar va yoshlarning iqlim kun tartibida ishtirokini oshirish bo'yicha tavsiyalarni ishlab chiqish uchun birlashdilar. Ushbu tavsiyalar "Barqaror rivojlanish madaniyatini ilgari surish va bolalar va yoshlarni iqlim kun tartibiga jalb qilish bo'yicha Xalqaro strategiyada" aks etgan. Strategiya 2024-yil 12-noyabrda COP29 doirasida yoshlar ishtirokida yuqori darajadagi tadbirda 8 ta turkiy va Markaziy Osiyo davlatlari tomonidan imzolanadi. Yoshlar tomonidan berilgan tavsiyalarga javoban Xalqaro Yoshlar Iqlim Faollari Tarmog'ini tashkil etish taklif qilinmoqda. Mintaqamizda yoshlar allaqachon iqlim harakatlarining oldingi safida turibdi. Ular ehtiros, g'oyalar va innovatsion yechimlar bilan chiqishmoqda. Ularning turli hayotiy tajribalari mavjud, ammo ularning umumiy maqsadi bitta: kelajak avlodlari uchun rivojlangan va barqaror dunyo yaratish.
Xalqaro Batafsil
Markaziy Osiyoda transchegaraviy QTH yaratish imkoniyatlari Transchegaraviy qo’riqlanadigan hudud (Transboundary Protected Areas - TBPA) bir nechta mamlakat chegarasini qamrab oladigan ekologik (tabiiy) muhofaza etiladigan hudud hisoblanadi. TBPA, shuningdek, qo’shni davlatlar o’rtasida turizm, iqtisodiy rivojlanish va xayrixohlikni rag’batlantiradi. TBPA turli xil geografik konfiguratsiyalarda, atrof-muhitni muhofaza qilishning turli darajalarida va xalqaro hamkorlikning turli darajalarida mavjud.
Xalqaro Batafsil
Bu sa’y-harakatlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi hadli konvensiyasi 29-yig‘ilishiga (COP29) tayyorgarlikning bir qismi hisoblanadi. Oromgoh ishtirokchilari o‘z taklif va g‘oyalarini xalqaro miqyosda taqdim etish imkoniga ega bo‘lib, global ekologik va iqlim tashabbuslariga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatlarini ochadi.
28.10.2024
Xalqaro yoshlar ekologik oromgohi ishtirokchilari Ziroat Mirziyoyeva va mehmonlar bilan birgalikda Samarqand viloyatidagi Zarafshon milliy tabiat bog‘iga tashrif buyurdi.
28.10.2024
Prezident Shavkat Mirziyoyev maishiy chiqindilarni qayta ishlash, ulardan elektr energiyasi va mahsulot ishlab chiqarish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.
31.10.2024