Vengriya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkiya, Turkmaniston va O‘zbekiston ekofaollari ishtirok etgan Xalqaro yoshlar ekologik oromgohi yakunlandi.
Samarqand va Toshkentda ishtirokchilar xalqaro ekspertlar bilan birgalikda BMTning Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi hadli konvensiyasi (COP29) tomonlarining 29-konferensiyasiga tayyorgarlik doirasida tashkil etilgan ko‘plab tadbirlarni o‘tkazdilar.
Ekologik oromgoh ishtirokchilari Markaziy Osiyo ekologik oromgohida ishlab chiqilgan "Barqaror rivojlanish madaniyatini ilgari surish hamda bolalar va yoshlarni iqlim kun tartibiga jalb etish bo‘yicha mintaqaviy strategiya" yo‘l xaritasi uchun takliflarni tayyorladi va kengaytirdi.
Ekologik oromgoh faoliyatining asosiy natijalari: "Young Climate Champions" xalqaro volonterlar tarmog‘i ishga tushirildi, ekologik madaniyatni targ‘ib qilish bo‘yicha xalqaro platforma ta’sis etildi, shuningdek, transchegaraviy hududlarda yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlari uchun milliy tabiat bog‘lari va qo‘riqxonalarni yaratish va muhofaza qilish tashabbusi ilgari surildi.