Bu sa’y-harakatlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi hadli konvensiyasi 29-yig‘ilishiga (COP29) tayyorgarlikning bir qismi hisoblanadi. Oromgoh ishtirokchilari o‘z taklif va g‘oyalarini xalqaro miqyosda taqdim etish imkoniga ega bo‘lib, global ekologik va iqlim tashabbuslariga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatlarini ochadi.
Bu kun bizga yosh yoki kasbidan qat’i nazar har birimizning tabiatni asrash va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashga hissa qo‘shishimiz mumkinligini eslatdi.