Toshkent shahar Yangi hayot tumani “Marhamat” mahallasida Yoshlar ishlari agentligi Markaziy apparati va Toshkent shahar boshqarmasi tashabbusi bilan “Yashil makon” umumilliy loyihasi doirasida daraxt ekish aksiyasi o‘tkazildi.
Loyihada 200 dan ortiq iqtidorli va faol yoshlar, davlat mukofoti sovrindorlari, sportchilar, yosh tadbirkorlar, volontyorlar hamda jurnalist va blogerlar ishtirokida 425 tup pavlovniya daraxti ekildi.