Korreksion pedagogikada muqobil kommunikatsiyani qo‘llash bo‘yicha onlayn seminar o‘tkazildi
"Eshitishni xohlayman!" loyihasi doirasida eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 19 ta maktab-internatining rahbarlari, uslubchilari va defektologlari uchun korreksion-pedagogik ishlarda muqobil kommunikatsiyani qo‘llash bo‘yicha onlayn seminar bo‘lib o‘tdi. Xalqaro ekspert bolalar bilan ishlash texnologiyalari va qo‘shimcha kommunikatsiyalar haqida gapirib berdi, samarali ta’lim muhitini yaratishga yordam beradigan usullar ko‘rib chiqildi.
Tadbir ishtirokchilari o‘quv jarayonini o‘quvchilarning turli tayyorgarlik darajalari va ehtiyojlariga moslashtirish, bolalar materialni yaxshiroq o‘zlashtirishi uchun ularning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda materiallarni yaratish bo‘yicha tavsiyalar olishdi.