Xalqaro tabiatni muhofaza qilish Ittifoqi tomonidan 2001-yilda o’tkazilgan tadqiqot shuni ko’rsatdiki, "dunyoda 666 ta alohida muhofaza qilinadigan zonalarni o’z ichiga olgan 166 ta transchegaraviy qo’riqlanadigan hududlar majmuasi mavjud".
2007-yilda Global transchegaraviy tabiatni muhofaza qilish tarmog’i transchegaraviy muhofaza etiladigan hududlarning global ro’yxatini e’lon qildi, unda 227 ta transchegaraviy muhofaza etiladigan hududlar ajratildi.
Ko’pgina hollarda, alohida TBPA kengroq xalqaro ekologik yoki madaniy dasturlarning bir qismi hisoblanadi. TBPA jahon merosi obyektlari, Ramsar suv-botqoq yerlari va/yoki YUNESKOning biosfera rezervatlari bo’lishi mumkin
Xususan, bugungi kunda:
Transchegaraviy jahon merosi obyektlari (jami 43 ta, Markaziy Osiyoda 1 ta - G’arbiy Tyan-Shan/Qozog’iston, Qirg’iziston va O’zbekiston)
Transchegaraviy Ramsar suv-botqoq yerlari (jami 22 ta, Markaziy Osiyoda yo’q).
Transchegaraviy biosfera rezervatlari (jami 22 ta, Markaziy Osiyoda 1 ta - Buyuk Oltoy/Rossiya va Qozog’iston).
Transchegaraviy tabiatni muhofaza qilish komplekslari
Markaziy Osiyodagi qo’shni davlatlar o’rtasida ekotizimlarni muhofaza qilish va biologik xilma-xillikni saqlash sohasida transchegaraviy hamkorlikni mustahkamlashga transchegaraviy qo’riqlanadigan tabiiy hududlarni (QTH) tashkil etish orqali erishilishi mumkin.
Hozirgi vaqtda O’zbekistonning shimoli-sharqida Qozog’iston va O’zbekistonning Sharqiy qismida Qirg’iziston Respublikasi bilan transchegaraviy QTHni tashkil etishning haqiqiy imkoniyati mavjud. Buning uchun ilk qadamlar qo’yib bo’lingan
Chatqol davlat biosfera qo’riqxonasi (Maydantal) va Ugam Chatqol davlat biosfera rezervati (Boshqizilsay) Qoratov davlat tabiat qo’riqxonasi, Aqsu-Jabag’lin davlat tabiat qo’riqxonasi va Sayram-Ugam davlat milliy tabiat bog’i (Qozog’iston), shuningdek Sarichelek davlat biosfera qo’riqxonasi, Besh-Orol Davlat tabiat qo’riqxonasi va Podishota davlat tabiat qo’riqxonasi (Qirg’iziston Respublikasi) bilan birgalikda 2016-yilda YUNESKOning Jahon merosi qo’mitasi Qozog’iston, Qirg’iziston va O’zbekiston tomonidan birgalikda nomzod bo’lgan "G’arbiy Tyan-Shan" transchegaraviy seriyali obyektini Jahon madaniy va tabiiy merosi ro’yxatiga kiritdi.
2018-yilda Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati huzuridagi Atrof-muhitni muhofaza qilish va oʻrmon xoʻjaligi davlat agentligi (Qirg’iziston Respublikasi Ekologiya va iqlim qo’mitasiga aylantirilgan), Qozogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining Oʻrmon xoʻjaligi va hayvonot dunyosi qoʻmitasi (Qozog’iston Respublikasi ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vazirligining o’rmon xo’jaligi va hayvonot dunyosi qo’mitasiga aylantirilgan) va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligiga aylantirilgan) oʻrtasida tuzilgan Qozog’iston Respublikasi, Qirg’iziston Respublikasi va O’zbekiston Respublikasining (keyingi o’rinlarda - Tomonlar) Seriyaviy transchegaraviy obyekt komponentlarini muhofaza qilish va boshqarish sohasida uch tomonlama hamkorlikka ko’maklashish maqsadida YUNESKOning "G’arbiy Tyan-Shan" seriyali transchegaraviy Jahon tabiiy merosi obyektini boshqarish va muhofaza qilish to’g’risida Memorandum (keyingi o’rinlarda - Memorandum) imzolandi.
Memorandum asosida obyektni boshqarish faoliyatini muvofiqlashtiradigan Mintaqaviy qo’mita tuzildi.
10-25-sentyabr kunlari Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida bo’lib o’tgan YUNESKOning Butunjahon merosi qo’mitasining 45-sessiyasida "Mo’tadil mintaqadagi Turon cho’llari" transmilliy tabiiy obyekti YUNESKOning Butunjahon tabiiy merosi ro’yxatiga kiritilgan. Turon cho’llari YUNESKO ro’yxatidagi mo’tadil mintaqadagi cho’l toifasiga kiritilgan birinchi obyektdir. Ro’yxatga kiritilgan obyektlar uch mamlakatda O’zbekiston, Qozog’iston va Turkmanistondagi cho’l qo’riqxonalari, milliy bog’lar va landshaft buyurtma qo’riqxonasi hududlarida joylashgan. Ushbu nominatsiya uchta mamlakatning jami 7 ta QTHni o’z ichiga oladi. Xususan, Qozog’istondan "Borsakelmas" davlat qo’riqxonasi va "Oltin Emel" davlat qo’riqxonasi, Turkmanistondan "Qoplonqir", "Barokatli Qoraqum" va "Repetek" davlat qo’riqxonalari, O’zbekistondan "Saygachiy" kompleks (landshaft) qo’riqxonasi va "Janubiy Ustyurt" MTB kiradi. Mo’tadil mintaqadagi Turon cho’llarini Jahon tabiiy merosi ro’yxatiga kiritish noyob biologik xilma-xillikni saqlash nuqtai nazaridan ham muhimdir, xususan, bu sutemizuvchilarning 41 turini, qushlarning 167 turini, sudralib yuruvchilarning 42 turini xalqaro miqyosda himoya qilishga imkon beradi, hayvonot dunyosi orasida qulon, sayg’oq, jayron, urial va global miqyosda yo’qolib ketish xavfi ostida turgan ko’plab hayvon va o’simliklar turlari alohida ahamiyatga ega.
O’zbekistonda Ustyurt platosida Saygachiy (0,63 million ga) Kompleks (landshaft) qo’riqxonasi va Janubiy Ustyurt milliy tabiiy bog’i (1,45 million ga) joylashgan. "Janubiy Ustyurt" MTB janubdan Qoplonqir davlat tabiat qo’riqxonasi (282 200 gektar, Turkmaniston) bilan chegaradosh va G’arbda Ustyurt davlat tabiat qo’riqxonasi (223 300 gektar Qozog’iston) mavjud bo’lib, u chegaradan uzoqda joylashgan. Ushbu QTHlarning barchasida ushbu mamlakatlarning Qizil kitoblariga kiritilgan sayg’oq (shu mamlakatlar bilan imzolangan Memorandumni anglatadi), Ustyurt qo’chqori, jayron, asalxo’r yashaydi. Ushbu turlardan tashqari ularning yashash joylari, mavjud landshaftlari, shuningdek tabiiy obyektlar va komplekslarni saqlab qolish kerak.
Yaqin kelajakda ushbu hududda uchta mamlakatning transchegaraviy QTHni yaratish mumkin bo’ladi.
Bundan tashqari, sayg’oq va uning yashash joylarini saqlab qolish uchun Qozog’iston bilan transchegaraviy QTH tashkil etilishi mumkin. O’zbekiston tomonidan bu "Saygachiy" kompleks (landshaft) qo’riqxonasi, "Orolqum" milliy tabiiy bog’i (1,0 million gektar). Qozog’iston tomonidan o’z navbatida "Borsakelmas" davlat tabiat qo’riqxonasi mavjud (160 826ga).