Yoshlarni iqlim masalalariga jalb qilish — kelajagimizni himoya qilish yo‘lidagi muhim qadamdir!
Toshkent shahrida yoshlarning ekologik madaniyatini oshirish va iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashish maqsadida muhim forum tashkil qilindi. Ushbu tadbirda O‘zbekiston va Ozarbayjondan 200 ga yaqin yoshlar, ekspertlar va maxsus vakillar ishtirok etdi.
Forum davomida ekologiya va iqlim masalalari bo‘yicha dolzarb muhokamalar o‘tkazilib, yoshlarning iqlim o‘zgarishiga moslashishi, zamonaviy tahdidlarga tayyor bo‘lishi va ekologik xabardorlikni oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.