Xalqaro yoshlar ekologik oromgohi ishtirokchilari Zarafshon milliy tabiat bog‘iga tashrif buyurdi
Xalqaro yoshlar ekologik oromgohi ishtirokchilari Ziroat Mirziyoyeva va mehmonlar bilan birgalikda Samarqand viloyatidagi Zarafshon milliy tabiat bog‘iga tashrif buyurdi.

Xalqaro yoshlar ekologik oromgohi ishtirokchilari Ziroat Mirziyoyeva va mehmonlar bilan birgalikda Samarqand viloyatidagi Zarafshon milliy tabiat bog‘iga tashrif buyurdi.

 

Hammalari birgalikda bog‘, uning to‘qayzorlari va yaqindagina qirilib ketish arafasida turgan Buxoro bug‘ularini ko‘zdan kechirdilar.

 

Qo‘riqxonada bo‘lish nafaqat tabiat go‘zalligidan zavqlanish imkoniyati, balki ekotizimlarni asrash va ularning bir-biri bilan chambarchas bog‘liqligi haqida muhim eslatma bo‘ldi. Ekskursiya ishtirokchilari ba’zida ekotizimlarni saqlab qolishning asosiy qismi antropogen ta’sirni, ya’ni insonning aralashuvini kamaytirish ekanligini afsus bilan ta’kidladilar.

 

Ushbu tajriba turli mamlakatlar ekofaollari uchun ekotizimlarni saqlab qolish va ko‘chib yuruvchi hayvon turlari uchun transchegaraviy bog‘larni yaratish bo‘yicha faol harakat va tashabbuslarga turtki bo‘ldi.

news
news