news
01.11.2024
"Zamin" fondining "Eco-schools Uzbekistan" loyihasi doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan IT maktabida Eko-IT oromgohi o‘tikazildi.
Oromgoh ishida butun O‘zbekistondan 22 ta maktab o‘quvchilari va pedagoglari ishtirok etdi.

Eko-IT oromgohining dasturi xilma-xil: xalqaro ekspertlarning ma’ruzalari, insonning tabiatga ta’siri to‘g‘risidagi amaliy seminarlar, mustaqil tadqiqotlar o‘tkazish, maishiy va issiqxona sharoitlarida "aqlli sug‘orish" orqali suvni tejash bo‘yicha smart-yechimlarni ishlab chiqish, qog‘oz va plastikni qayta ishlash bo‘yicha mahorat saboqlari, suv tozalash ob’ekti, havoni monitoring qilish stansiyasi, chiqindi poligoniga ekskursiyalar va ko‘plab boshqa tadbirlar. 

Maktab o‘quvchilarini havo va tuproq ifloslanishi sharoitida O‘zbekiston suv resurslaridan oqilona foydalanishga o‘rgatish, chiqindi poligonlari paydo bo‘lishiga olib keluvchi haddan ortiq iste’mol qilish muammosi, ko‘kalamzorlashtirishni to‘g‘ri tashkil etishga katta e’tibor qaratiladi.

Eko-IT oromgohi doirasida ekofaollar ushbu muammolarning yechimiga qaratilgan amallarni bajaradilar.

Eko-IT oromgohining hamkorlari: Xalq ta’limi vazirligi, Prezident ta’lim muassasalari agentligi, Yoshlar ishlari agentligi, BMT Taraqqiyot dasturi, FAO.

news
news
news
news
news