Gidrometeorologiya xizmati agentligi va "Zamin" fondining "Atmosfera havosining ifloslanishi monitoringini avtomatlashtirish" qo‘shma loyihasi doirasida
Gidrometeorologiya xizmati agentligi va "Zamin" fondining "Atmosfera havosining ifloslanishi monitoringini avtomatlashtirish" qo‘shma loyihasi doirasida Buxoro va Navoiy shaharlaridan olingan ma’lumotlar monitoring.meteo.uz saytida joylashtirila boshlandi. Shu tariqa, loyihani amalga oshirish boshlanganidan buyon respublika bo‘ylab 16 ta stansiya milliy platformaning yagona bazasiga ulandi.
Havoni avtomatik monitoring qilish stansiyalarini o‘rnatish atmosfera havosi sifati bo‘yicha obyektiv ma’lumotlarni olish va ularga ishlov berish imkonini yaratadi, bu ma’lumotlar havo sifatiga doir milliy normativlarni ishlab chiqishda asos hisoblanadi hamda ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha asoslangan qarorlarni qabul qilishga xizmat qiladi.