
2️⃣ Oromgoh dasturi 2 bosqichga, aniqrog‘i 2 shaharga bo‘lingan: 23-iyundan 26-iyungacha Samarqand shahrida tadbirlar bo‘lib o‘tadi, 27-iyundan 30-iyungacha esa Toshkentda davom etadi.
📝 Samarqandda ishtirokchilarni faol guruh mashg‘ulotlari, vorkshoplar va ekologik loyihalar muhokamasi kutib turibdi, shuningdek, shaharning tarixiy obidalari bilan tanishishdan iborat boy madaniy dastur ham bo‘ladi.
💬 Toshkentda yoshlar eko-maktablarga, Green Universityga tashrif buyurib, ekologiya sohasidagi yetakchi mutaxassislarning ma’ruzalarini tinglaydilar.
🤝 Oromgoh tashkilotchilari — Yoshlar ishlari agentligi (https://t.me/yoshlaragentligi), MMTV (https://t.me/uzedu), Ekologiya vazirligi (https://t.me/ecogovuz), "Zamin" fondi (https://t.me/zaminfoundation), YUNISEF (https://www.unicef.org/uzbekistan/), BMT Taraqqiyot dasturi (https://www.undp.org/ru/uzbekistan) va FAO (https://www.fao.org/countryprofiles/index/ru/?iso3=UZB).
🆕 Yangiliklarimizdan xabardor bo‘lib turing, ular ko‘p bo‘ladi!




