alter
"Janubiy O‘styurt" milliy tabiat bog‘i
Manzil: Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanida joylashgan.
2020 yilda tashkil etilgan. Maydoni – 447 143 ga. Flora va fauna o‘ziga xos turlari – plato.

"Janubiy O‘styurt" milliy tabiat bog‘i O‘zbekiston hukumatining 2020 yil 11 noyabrdagi qaroriga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanida davlat muhofaza etiladigan tabiat hududi shaklida tashkil etilgan. Umumiy maydoni — 1 447 143 gektar.

O‘styurt platosi 700 dan ortiq o‘simlik turlari va 300 dan ortiq umurtqali hayvonot turlari, shu jumladan, so‘nggi 20 yilda soni 90 foizga qisqargan saygak antilopasi populyatsiyasi uchun muhim yashash muhiti hisoblanadi.

Unikal ekotizim va hududning uzoqligi ushbu keng ochiq landshaftlarni ko‘rishga qiziqish uyg‘otadi hamda ekologik turizmni rivojlantirish uchun katta imkoniyat yaratadi.

"Janubiy O‘styurt" milliy tabiat bog‘i Turkmaniston va Qozog‘iston bilan chegaradosh bo‘lib, transchegaraviy muhofaza hududi sifatida kengaytirilishi mumkin.

news