"Zamin creative" loyihasi doirasida А.Аvloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti hamda Xalqaro inklyuziv xabda ijod maktablari o‘qituvchilari uchun inklyuziv kreativ ta’limni rivojlantirish bo‘yicha gibrid formatda o‘quv seminar-trening o‘tkazildi. Qarshi, Toshkent, Andijon, Nukus va Marg‘ilondan kelgan o‘qituvchilar media, dizayn va teatr san’ati yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanma asosida o‘qitildi.
O‘zbekistonlik mutaxassislar bilan bir qatorda Ozarbayjon inklyuziv rivojlanish va ijod markazi DOST pedagoglari ta’limni hammabop qilish bo‘yicha amaliy tajribasi hamda ijtimoiy-psixologik ish usullari bilan o‘rtoqlashdi.



